O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisida g‘alaba qozondi
Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida JCh-2026 saralash bosqichi 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv shiddatli kurashlarga boy kechdi. Dastlab, 15-daqiqada Joye Kojo hisobni ochdi, lekin 17-daqiqadayoq Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi.
35-daqiqada Odiljon Abdurahmonov hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 45-daqiqada Husniddin Aliqulov yana hisobni tenglashtirdi. 72-minutda Oston O‘runov gol urib, hamyurtlarimizni hisobda oldinga olib chiqdi. Shu tariqa O‘zbekiston Markaziy Osiyo derbisida g‘alaba qozondi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter