Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek sporti tarixidagi ulkan natija»: Prezidentning olimpiyachilar bilan uchrashuvi boshlandi

«O‘zbek sporti tarixidagi ulkan natija»: Prezidentning olimpiyachilar bilan uchrashuvi boshlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boshlandi. Tantanali tadbirda davlatimiz rahbari nutq so‘zlamoqda:

«Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ulkan, tom ma’noda tarixiy g‘alabasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Albatta, barchamiz dunyodagi eng nufuzli ana shu musobaqalarda O‘zbekiston vakillarining har bir chiqishini «oynai jahon» orqali katta qiziqish va hayajon bilan kuzatib bordik.

O‘z navbatida, mard va jasur sportchilarimiz ham bunday yuksak ishonchni oqlab, xalqimizga yorqin g‘alabalarni tortiq etdilar.

Hech shubhasiz, bu Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik shonli bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Olimpiadada sportchilarimiz yuksak shohsupalarga ko‘tarilib, 3 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Hammamizga ayonki, Olimpiya o‘yinlarida yer yuzining eng zo‘r, manaman degan sport ustalari ishtirok etadi.

Sizlar dunyo tan olgan sportchilar bilan mardona olishib, ularning o‘zini ham, ular erishgan natijalarni ham ortda qoldirib, 3 ta Olimpiya rekordini yangilab, jahon sportida ham yorqin sahifa ochdingiz.

Mamlakatimiz jamoasi 200 dan ziyod davlatdan kelgan eng kuchli sportchilar orasida umumjamoa hisobida – o‘ttiz ikkinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida – ikkinchi, Markaziy Osiyoda esa – birinchi o‘rinni egalladi. Bu chindan ham o‘zbek sporti tarixidagi ulkan natijadir.»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring