Otabek Eshmamatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Eshmamatov Otabek Normuminovich Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati rahbari, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Otabek Eshmamatov Toshkent davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) 2001 yil bakalavr, 2003 yil magistr darajasini olgan.
Jurnalistik faoliyatini 1997 yil O‘zbekiston radiosi «Yoshlar» kanalida boshlagan.
Keyinchalik O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «Sport» teleradiokanalida sharhlovchi, 1-toifali mutaxassis, katta muharrir, «Mahalla» teleradiokanalida «Ijtimoiy-huquqiy dasturlar» muharririyati sharhlovchisi, Mediametriya va reyting sektori bosh mutaxassisi, «Badiiy-ma’rifiy dasturlar» muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari, shuningdek, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi veb-sayt axborot tahririyati mas’ul muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter