Oskar Tabares O‘zbekiston bilan o‘yin haqida: «Bu bir mashg‘ulot edi»
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares O‘zbekiston terma jamoasi ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Bunday o‘yinlardagi natijalardan olinadigan xulosalar nisbiy ahamiyatga ega. Eng muhimi — barcha o‘yinchilar uchrashuvni jarohatsiz, sog‘-salomat yakunlagani.
Har bir futbolchining harakatiga alohida to‘xtalmoqchi emasman. Ko‘rdikki, kimningdir o‘yini yaxshi chiqdi, kimdadir unchalik emas.
Bu — biz uchun navbatdagi tayyorgarlik bosqichi edi. Qo‘lga kiritilgan natija, muxlislar bilan xayrlashuv — hammasi ajoyib bo‘ldi.
O‘zbekiston bilan o‘yin biz uchun yana bir mashg‘ulot edi. Faqatgina futbolchilarning formasini yaxshilashga qaratilgan jiddiy mashg‘ulot. Biz endi jahon kubogi uchun kurashni boshlaymiz», — dedi Tabares.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter