Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston hisobiga yana bir medal qo‘shildi
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida kanoeda eshkak eshuvchi sportchilarimiz yana bir medalni qo‘lga kiritdilar.
1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 30-avgust kuni hamyurtimiz Vadim Menkov eshkak eshishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda kumash medali sohibi bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter