Osiyo o‘yinlari. O‘zbek kurashi O‘zbekistonni rekord sari yetaklamoqda

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kurashi terma jamoamizga jami 12 medal (6 oltin, 2 kumush, 4 bronza) keltirdi. Ushbu musobaqada hech bir sport turi bizga buncha medal taqdim etgani yo‘q.
Kurash bo‘yicha musobaqalarning so‘nggi kungi bahslarida -90 kg vazn toifasidagi oltin va kumush medallar O‘zbekiston vakillari o‘rtasida taqsimlandi. Yahyo Imomov va Shermuhammad Jandriyev o‘rtasidagi bahs Jandriyevning ustunligida yakunlandi va u Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Imomov esa kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bugun kurash bo‘yicha -78 kg vazn toifasidagi Kumush Yo‘ldosheva finalda mo‘g‘ulistonlik Otgon Munksetsegni mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 53taga (15-19-19) yetdi va umumiy reytingda oltinchi o‘ringa joylashib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter