Osiyo o‘yinlari. Omadoy Otaqo‘ziyeva 237 kg tosh ko‘tarib, kumush medalni qo‘lga kiritdi
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletikachimiz Omadoy Otaqo‘ziyeva kumush medal sovrindoriga aylandi.
75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadoy Otaqo‘ziyeva dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda esa 136, umumiy hisobda esa 237 kg toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rin shimoliy koreyalik Rim Jong Simga nasib etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter