Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari. Oltinchi bokschimiz ham yarim finalga chiqdi

Osiyo o‘yinlari. Oltinchi bokschimiz ham yarim finalga chiqdi

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks musobaqalarida chorak finalda -56 kg vazn toifasida Miraziz Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik Xarku En-Amarga qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘ta murosasiz va qiyin kechgan jangda vakilimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘ldi.

Shu tarzda, musobaqada qatnashayotgan barcha bokschilarimiz yarim finalga chiqishni uddalashmoqda. Birozdan keyin -75 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladigan Isroil Madrimov ham eronlik Sayidshahin Musaviyga qarshi jangda bu vazifani uddalaydi, deb ishonamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring