Osiyo o‘yinlari. Og‘ir atletikadan yana bir medal
![Osiyo o‘yinlari. Og‘ir atletikadan yana bir medal](https://static.xabaruz.com/crop/8/7/720_460_95_875445648.jpg)
Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletikachimiz Rustam Jangaboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
105 kg.dan og‘ir vazn toifasidagi og‘ir atletikachilar bahsida Jangaboyev dast ko‘tarishda 203 kg, siltab ko‘tarishda 252 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va 455 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Oltin va kumush medallarni Eron terma jamoasi vakillari qo‘lga kiritishdi. Behzod Salimikordasiyobi 461 kg (208+253) bilan oltin, Sayid Alihusayniy esa 456 kg (208+248) bilan kumush medaliga ega chiqdi.
Ushbu medaldan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 29taga (6 oltin, 11 kumush va 12 bronza) yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter