Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari: kunni ikki oltin medal bilan boshladik!

Osiyo o‘yinlari: kunni ikki oltin medal bilan boshladik!

Veloshossening shaxsiy poyga dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya oltin medalni qo‘lga kiritdi.

18.3 km masofaga kechgan poygada hamyurtimiz 24:36.99 daqiqa natija ko‘rsatdi.

O‘zbekiston delegatsiyasida kun hisobidan ikkinchi oltin medalni 1000 metrga kanoechi yigitlar o‘rtasida kechgan poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi keltirishdi.

Ular marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tishdi va Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring