Osiyo kubogi-2019ga qur’a tashlandi
Dubaydagi «Armani Hotel» mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi yakuniga yetdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi «F» guruhiga tushdi.
Terma jamoamizga Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari raqiblik qiladi.
Qur’a natijalari quyidagicha:
«A» guruhi: BAA, Tailand, Hindiston, Bahrayn.
«B» guruhi: Avstraliya, Suriya, Falastin, Iordaniya.
«C» guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Qirg‘iziston, Filippin.
«D» guruhi: Eron, Iroq, Vetnam, Yaman.
«E» guruhi: Saudiya Arabistoni, Qatar, Livan, Shimoliy Koreya.
«F» guruhi: Yaponiya, O‘zbekiston, Ummon, Turkmaniston.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter