Osiyo futbolida «eng yaxshilar» taqdirlandi. Ular orasida O‘FA ham bor
Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining «AFC Annual Awards» yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Yilning eng yaxshi futbol assotsiatsiyasi» nominatsiyasida Eron va Yaponiyani ortda qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Sovrinni O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov qabul qilib oldi.
Boshqa nominatsiyalar g‘oliblari:
Yilning eng yaxshi erkak futbolchisi — Salim Ad-Dovsari (S.Arabistoni);
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Samanta Kerr (Avstraliya);
Xalqaro maydonlardagi eng yaxshi futbolchi — Kim Min Chje (J.Koreya, Napoli/Bavariya);
Yilning eng yaxshi erkak murabbiyi — Xajime Moriyasu (Yaponiya);
Yilning eng yaxshi ayol murabbiyi — Shui Kingxia (Xitoy);
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (erkaklar) — Kuryu Matsuki (Yaponiya);
Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi (ayollar) — Maika Hamano (Yaponiya);
Yilning eng yaxshi futzalchisi — Muslim Oladgobad (Eron);
Yilning eng yaxshi mintaqaviy assotsiatsiyasi — Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi;
Yilning eng yaxshi hakami — Kris Bit (Avstraliya).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter