«Oltin to‘p»ga da’vogar futbolchilarning nomlari e’lon qilindi (ro‘yxat)
«France Football» nashri juma, 8-oktyabr kuni «Oltin to‘p»ga da’vogar 30 nafar futbolchining ro‘yxatini e’lon qildi.
Nufuzli mukofot 29-noyabr kuni topshiriladi.
Da’vogarlar ro‘yxati:
- Riyod Marez («Manchester Siti»)
- Ngolo Kante («Chelsi»
- Erling Holand («Borussiya» Dortmund)
- Leonardo Bonuchchi («Yuventus»)
- Meyson Maunt («Chelsi»)
- Harri Keyn («Tottenhem»)
- Janluiji Donnarumma («Milan»/»PSJ»)
- Karim Benzema («Real»)
- Rahim Sterling («Manchester Siti»)
- Nikolo Barella («Inter»)
- Lionel Messi («Barselona»/»PSJ»)
- Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»)
- Pedri («Barselona»)
- Luka Modrich («Real»)
- Jorjo Kellini («Yuventus»)
- Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)
- Neymar («PSJ»)
- Ruben Diash («Manchester Siti»)
- Lautaro Martines («Inter»)
- Simon Kyer («Milan»)
- Robert Levandovski («Bavariya»)
- Jorjino («Chelsi»)
- Muhammad Saloh («Liverpul»)
- Sesar Aspilikueta («Chelsi»)
- Romelu Lukaku («Inter»/»Chelsi»)
- Krishtianu Ronaldu («Yuventus»/»Manchester Yunayted»)
- Jerar Moreno («Vilyarreal»)
- Fil Foden («Manchester Siti»)
- Kilian Mbappe («PSJ»)
- Luis Suares («Atletiko»).
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yili «Oltin to‘p» hech kimga topshirilmagandi.
«Oltin to‘p»ni olgan so‘nggi futbolchi — Lionel Messi (2019). Oltinchi marotaba bu mukofot sohibi bo‘lgan argentinalik beshta «Oltin to‘p»i bor Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter