«Oltin to‘p» sohibining o‘g‘li «Kruzeyro» safiga qo‘shildi
Braziliyaning «Kruzeyro» futbol klubi 14 yoshli Juan Mendes bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «El Mundo Deportivo». Juan Mendes — Braziliya terma jamoasi va «Barselona»da porlagan buyuk futbolchi Ronaldinoning o‘g‘li.
Nashrning yozishicha, Juan Mendesning shartnomasi olti yilga tuzilgan bo‘lib, u «Kruzeyro»ning yoshlar jamoasida to‘p suradi. Eng qizig‘i, deb yozadi nashr, yosh futbolchi o‘zi kelib ko‘rikdan o‘tgan, otasi kimligini aytmagan.
«Ajoyib xususiyatli o‘yinchi», — dedi u haqda «Kruzeyro» yoshlar jamoasi direktori Amarildo Ribeyro.
Mendes hademay professional tarkibga qo‘shilishiga uning ishonchi komil.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldino 2005-yili jahonning eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgan. Professional faoliyatini 2018-yilning yanvar oyida tugatgan. «Pari Sen-Jermen», «Barselona» va «Milan» kabi dongdor klublarda o‘ynagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter