«Olmaliq» klubining nomi o‘zgardi

«Olmaliq» o‘tgan mavsumni 8-pog‘onada yakunlagan.
«Olmaliq» futbol klubi 2018-yildan boshlab «AGMK futbol klubi» deya ataladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Toshkentliklar uchun bu nom begona emas. «Olmaliq» 2008-yil Oliy ligada aynan shu nom ostida ishtirok etgandi.

Foto: www.fc-olmaliq.uz
Jamoa rahbariyati tomonidan klubning yangi ramzi ham tasdiqlandi. Bundan buyon AGMK futbol klubi sariq-qora rangdan iborat liboslardan foydalanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter