Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari g‘oliblariga qancha stipendiya to‘lanishi ma’lum bo‘ldi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Vazirlik stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (04.12.2023 y. ro‘yxat raqami 3479).
Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekistonning sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda mazkur Nizomning ilovasida belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.
Nizom qoidalari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lganligi uchun umrbod oylik to‘lovlar tayinlangan sportchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vazirlikning stipendiya komissiyasi:
- sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan taqdim qilinadigan stipendiyaga nomzod sportchilarning ro‘yxatini ko‘rib chiqadi;
- sportchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqiyligini va mazkur mezonlarga mosligini tekshiradi;
- sportchilarga stipendiya tayinlash yoki stipendiya to‘lashni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Stipendiya miqdori – 3 MHEKM.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.12.2023 yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter