Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiya o‘yinlari ochilishida bayroqdorlarimiz o‘zgardi

Olimpiya o‘yinlari ochilishida bayroqdorlarimiz o‘zgardi

Yana sanoqli soatlardan so‘ng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

So‘nggi pallada mamlakatimiz sport delegatsiyasi bayroqdorlari o‘zgardi.

«Chunki ertaga Bobousmon Baturov ringga chiqishi kerak. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ochilish marosimida ishtirok etadigan har bir kishi tadbirdan bir necha soat oldin stadionga yetib borishi, tadbir davomida tik oyoqda turishi, tekshiruvlardan o‘tishi lozim. Bu esa sportchilarni urintirib qo‘yishi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz delegatsiyasi rahbariyati bayroqdorlarni o‘zgartirishga qaror qildi. Bobousmonning o‘rnini o‘zbek boksi faxri Bahodir Jalolov egalladi.

O‘z navbatida 25 iyul kuni bahslarga kirishadigan Oksana Chusovitina ham o‘zining so‘nggi olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rish maqsadida o‘z o‘rnini bo‘shatdi va sport gimnastikasi afsonasini Nigora Tursunqulova almashtirdi», deyiladi vazirlik xabarida.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Paradda birinchi bo‘lib zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya davlati vakillari chiqib keladi. Shundan so‘ng mezbon davlat alifbosi bo‘yicha davlatlar ketma-ketligi «Olimpiya stadioni»da ko‘rinish beradi. E’tiborlisi, O‘zbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan bo‘lib, tartib raqam bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring