Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada yo‘llanmasini olgan sportchilarga uy va «Spark» berildi

Olimpiada yo‘llanmasini olgan sportchilarga uy va «Spark» berildi

2-iyul kuni Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida «Yoshlar — bizning kelajagimiz!» shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda D.Hidoyatov tomonidan Tokio-2020 yozgi Olimpiya hamda Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan bir guruh Toshkent viloyati sportchilariga uy, «Spark» rusumli avtomobillar hamda pul mukofotlari topshirildi.

Jumladan, tadbirda parasuzish sportidan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan Islam Aslanovga 2 xonali uy, taekvondo WT bo‘yicha terma jamoa a’zosi Svetlana Osipova hamda yunon-kum kurashchisi Elmurod Tasmuradovlarning har biriga «Spark» avtomobili, paralimpiyachilarimiz Shahnoza Mirzayeva hamda Haitmurod Sherqo‘ziyevlarga 50 million so‘mdan pul mukofoti, Saidjabbor Dadaxonovga esa zamonaviy sport velosipedi sovg‘a qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring