Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada qahramonlarining Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi boshlanish arafasida (foto)

Olimpiada qahramonlarining Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi boshlanish arafasida (foto)

Foto: Prezident matbuot kotibi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston sport delegatsiyasi tarkibida Tokio shahridagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashishi haqida ma’lum qilingandi.

Davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berishicha, bir necha daqiqadan so‘ng ushbu uchrashuv boshlanadi.

Foto: Prezident matbuot kotibi
Foto: Prezident matbuot kotibi

Avvalroq Toshkentda Tokio-2020 sovrindorlari va ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani va g‘oliblarga Prezident sovg‘alari topshirilgani xabar qilingandi.

Tokio Olimpiadasida taekvondochi Ulug‘bek Rashidov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va bokschi Bahodir Jalolov oltin, dzyudodan Davlat Bobonov hamda erkin kurashdan Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring