Olimpiada chempionlarimiz Osiyo birinchiligida qatnashadi
3-13 may kunlari Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e’lon qildi.
Qayd etish joiz, ushbu chempionat Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash musobaqalaridan biri hisoblanadi. Jamoamiz mazkur qit’a birinchiligida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova kabi yetakchilar bilan ishtirok etadi.
To‘liq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-55 kg: Og‘abek Nafasov
-67 kg: Diyor Ro‘zmetov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov
-102 kg: Ruslan Nurudinov
-109 kg: Qurbonmurod Namozov
+109 kg: Akbar Jo‘rayev
+109 kg: Rustam Jangabayev
Ayollar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-55 kg: Jamila Panfilova
-81 kg: Rigina Adashboyeva
+87 kg: Tursunoy Jabborova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter