Og‘ir vaznli eng kuchli bokschi MMAda jang qilmoqchi
WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Entoni Joshua boksdan MMAga o‘tishi mumkinligini aytdi.
«Boshqalarga qanday yashashlari kerakligini o‘rgatish oson. Ammo, fikrimcha, inson hayotda o‘ziga qandaydur bir chegara qo‘yib yashashi kerak emas. Kimdadir imkoniyat paydo bo‘lsa, u nimaga qodirligini bilishi uchun ham o‘zini sinab ko‘rishi kerak», — deydi Entoni Joshua «Boxing Scene»ga bergan izohida. — «Men MMAda chiqishni rejalashtirmoqdaman. Shuningdek, kinoda ham o‘zimni sinab ko‘rishni xohlardim — biz bir martta yashayoyapmiz. Menga taklif qilingan hamma narsani sinab ko‘rmoqchiman».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter