Og‘ir vaznda Lazizbek Mullajonov jang o‘tkazdi
Boks bo‘yicha jahon chempionatining og‘ir vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov (+92 kg) ilk jangini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
Eronlik Puria Amiriga qarshi ringga ko‘tarilgan Lazizbek o‘zining kuchli va aniq zarbalari bilan raqibidan ustun keldi. Shu tariqa harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan hamyurtimiz bu musobaqada ham g‘alaba sari dastlabki qadamni tashladi.
Hamyurtimiz keyingi bosqichda angliyalik Delishius Oriyega qarshi bahs olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter