O‘FAga yangi vitse-prezident tayinlandi
![O‘FAga yangi vitse-prezident tayinlandi](https://static.xabaruz.com/crop/2/2/720_460_95_2207687676.jpg)
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O‘FA Prezidenti A.J.Ramatov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda 2018-yil 25-yanvar sanasida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari Konferensiyada bayon qilingan masalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Konferensiyada O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Sherzod Toshmatov sportning boshqa sohasida o‘ta bandligi, unga ishonilgan yangi joyda ishlashi uchun vaqt yetishmasligi tufayli o‘z arizasiga binoan O‘FA vitse-prezidenti lavozimidan ketdi.
Uning o‘rniga O‘FA vitse-prezidenti lavozimiga «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi Sagdullayev Fazlitdin Fatxullayevich tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter