O‘FA Vadim Abramovni kechirdi
O‘FA Farg‘onaning «Neftchi» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan o‘zbekistonlik mutaxassis Vadim Abramov o‘tgan yilning dekabr oyida futboldan nomuayyan muddatga futboldan chetlashtirgan edi.
Tashkilot rasmiy saytida yozilishicha, endilikda murabbiy yana professional faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Xabarda aytilishicha, Vadim Abramov bu borada O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga murojaat bilan chiqqan. Tashkilot ijroqo‘mi uning arizasini o‘rganib chiqdi hamda Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.
«Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. Shu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim», — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir: «O‘FF prezidenti: «Vadim Abramov o‘zbek futboliga kerak emas»
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter