Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FA bugun tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘FA bugun tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hisobchisi katta miqdordagi pulni o‘zlashtirib qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgandi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha quyidagicha munosabat bildirdi: «O‘FA tomonidan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. O‘rganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi».

Tarqalgan xabarlarda holat o‘tgan hafta sodir bo‘lgani va O‘FA hisobchisi taxminan 4 milliard so‘m (350 ming dollar)ni o‘zlashtirib, Turkiyaga qochib ketganini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring