Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘FA chetlatgan o‘yinchilarni maydonga tushirgan «Navbahor» va «Bunyodkor» katta miqdorda jarimaga tortildi

O‘FA chetlatgan o‘yinchilarni maydonga tushirgan «Navbahor» va «Bunyodkor» katta miqdorda jarimaga tortildi

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosi qarori asosida «Navbahor-Lochinlari» futbol klubi futbolchisi Oybek Qilichev bir yil muddatga, «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi Dilshod Ahmadaliyev esa butunlay futboldan chetlatilgandi.

Ammo shunga qaramay nomlari yuqorida tilga olingan futbolchilar o‘z klublari tarkibida o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib yurgani ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi Byurosi qarorlarini buzganligi uchun Ijroqo‘m Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qaroriga ko‘ra «Navbahor-Lochinlari» hamda «Bunyodkor» futbol klublarining har biriga 500 million so‘m miqdorida jarima solindi. Agar bunday holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, bundan-da qat’iy jazolar qo‘llanilishi belgilab qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring