Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aziz Turg‘unboyev qaysi klubga tegishli? O‘FA bayonot berdi

Aziz Turg‘unboyev qaysi klubga tegishli? O‘FA bayonot berdi

Foto:«championat.asia»

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi futbolchi Aziz Turg‘unboyevning qaysi klubga tegishli ekanligi masalasi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

«Shu yilning 22-yanvar kuni «Paxtakor» Aziz Turg‘unboyev bilan 1-yanvar kuni tuzilgan shartnomani Chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga olib keldi. 28-yanvar kuni esa klub mazkur shartnomaga imzo qo‘ygan futbolchi «Navbahor» safida xorij yig‘inida ishtirok etayotgani yuzasidan shikoyat arizasi bilan PFL bosh direktoriga murojaat yo‘lladi» deyiladi xabarda.

Mazkur shikoyat arizasi PFL tomonidan O‘FAning «Futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita»siga oshirilgan. Komissiya tez kunlar ichida bu masala yuzasidan ish boshlashi, masala qonuniy tarzda ko‘rib chiqilishi va hal etilishi belgilangan.

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi muxlislar tomonidan Aziz Turg‘unboyev masalasi bo‘yicha turli videomurojaatlari e’lon qilinmoqda. O‘FA bu videomurojaatlarni ko‘rib chiqdi va u yerdagi muxlislar fikrini hurmat qilishini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga assotsiatsiya futbolchining transferi bilan bog‘liq huquqiy masala videomurojaatlar asosida emas, qonuniy yo‘l bilan hal qilinishi kerakligini ham eslatib o‘tgan.

Shuningdek, tomonlar yuzma-yuz holda futbolchi va uning agenti ishtirokida muhokama olib borishadi. Agar bu masalada biror klub aybdor bo‘lib chiqsa, tegishli tartibda jazolanadi. Agar ayb futbolchida bo‘lsa, futbolchi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.


Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring