OChL. «Nasaf» o‘z maydonida BAA jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (video)
Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda Osiyo Chempionlar Ligasining 2-turi doirasida «Nasaf» BAAning «Al Vasl» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan «Nasaf» to‘liq ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Birinchi bo‘limda ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisobni ochishning imkoni bo‘lmadi. Ayniqsa, bo‘lim so‘ngida Jasur Hasanovning jarimadan yo‘llagan super zarbasini raqib darvozaboni mahorat ko‘rsatib, qaytarishga erishdi.
Maydon egalari ikkinchi bo‘limni ham hujumkor boshlashdi. Urinishlar nihoyat 57-daqiqada o‘z samarasini berdi. Slavko Lukichning burchakdan oshirib bergan to‘pini Igor Golban boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Shu tarzda «Nasaf» haqli ravishda o‘yinda hisobni ochdi.
Goldan keyin ham qarshiliklar hujumkorlikni pasaytirishmadi. 66-daqiqada Islom Rashidxonovning tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib maydonga qaytdi. «Nasaf» qolgan daqiqalarni ham hujumda o‘tkazdi va g‘alabani saqlab qola oldi.
OChL-2018. «C» guruhi, 2-tur.
«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Al Vasl» (BAA) 1:0
Gol: Golban (57)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter