Nursulton Ro‘ziboyev jarohat oldi
Nursulton oyog‘idan jarohat olgani sabab uning Kayo Borraloga qarshi jangi bekor bo‘ldi.
Avvalroq Nursulton Ro‘ziboyev shu yilning 4 noyabr kuni Braziliyadagi #UFCFightNight oqshomida mahalliy jangchi Kayo Borraloga qarshi oktagonga ko‘tarilishi ma’lum qilingandi. Endi Borralo 4 noyabr kuni Abusufyon Magomedovga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kayo o‘tgan yili Mahmud Murodovni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub qilgandi.
Nursulton Ro‘ziboyev (36-8-2) esa UFC promoushenidagi debyut jangida braziliyalik yengilmas jangchini birinchi raunddayoq tinchitgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter