Nurmagomedov raqibi Getji adashayotganini aytdi
Aralash jang san’ati (MMA)ning rossiyalik vakili Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjining gaplariga javob qaytardi. «Chempionat.com» uning so‘zlarini keltirgan.
Nurmagomedov raqibining so‘zlarini inkor etdi. Chunki u o‘zini mukammal hisoblamaydi.
«Biz zalda bir-birimizni silab-siypalamaymiz, shuning uchun ham dunyodagi eng zo‘rimiz. U adashadi. Men o‘zimga nisbatan o‘ta talabchanman. Oilada meni doimo tanqid qilishgan. Bo‘shashmasdan, tinmay harakat qilish kerak bo‘lgan o‘g‘il sifatida munosabatda bo‘lishgan», — dedi u. Jangchining aytishicha, otasi yetarlicha mashq qilmaslik uning zaif tomoni ekanligini doimo aytgan.
12-avgust kuni Getji Nurmagomedov o‘zini mukammal jangchi hisoblashini aytdi. Uning fikricha, jangchini faqat uning egosini silab-siypalaydigan odamlar qurshab olgan.
Nurmagomedov bilan Getji 23-oktyabr kuni UFC musobaqasi doirasida kuch sinashadi. Rossiyalik jangchi tashkilotning yengil vazndagi chempionlik kamarini himoya qiladi. Uning hisobida 28 ta jangda 28 ta g‘alaba bor. Amerikalik esa UFCning ushbu toifadagi vaqtincha chempioni hisoblanadi.
2-avgust kuni Nurmagomedov Getji bilan jang qilish uchun mashg‘ulotlarga qaytdi. 31 yoshli jangchi jiddiy tayyorgarlik ko‘rishini ma’lum qildi. Otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovning o‘limi tufayli mashg‘ulotlarni to‘xtatishga to‘g‘ri kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter