Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana bir lavozimga saylanishi kutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimiga saylanishi kutilmoqda.
Bugun Termizda O‘zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevning nomzodi O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisligiga ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kurash federatsiyasini bundan avval O‘zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori Otabek Murodov boshqargan edi. U 2019 yilning iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O.B.Murodovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 12-bandiga muvofiq lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlangan edi.
O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimi shundan buyon bo‘sh bo‘lib turgan edi. Navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi natijasi Xabar.uz orqali ma’lum qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter