Neymarning xet-trigi Braziliyaga g‘alaba keltirdi
2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichining ikkinchi turida Braziliya terma jamoasi safarda perulik raqiblarini mag‘lub etdi.
Uchrashuv Peru poytaxti Lima shahridagi «Nasonal» stadionida bo‘lib o‘tdi va 4:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Braziliyalik hujumchi Neymar xet-trik qayd etdi. Darvoqe, ikkita penaltini aniq amalga oshirdi. Braziliya terma jamoasining yana bitta goliga hujumchi Risharlison de Andrade mualliflik qildi.
Peruliklar tarkibida yarim himoyachilar Andre Karrilo va Renato Tapia braziliyaliklarning darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi, deb yozadi «Sport-Ekspress».
Peru — Braziliya — 2:4 (1:1)
Gollar: Karrilo, 6 (1:0). Neymar, 28 — penaltidan (1:1). Tapiya, 59 (2:1). Risharlison, 64 (2:2). Neymar, 83 — penaltidan (2:3). Neymar, 90+4 (2:4).
Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Trauko, Abram, Yotun, Gonsales (Arauxo, 90), Tapiya (Kueva, 90), Akino, Farfan (Polo, 90), Karrilo.
Braziliya: Veverton, Tiagu Silva, Danilu, Markinyus (Rodrigu Kayyu, 12), Lodi (Aleks Telles, 69), Koutinyu (Everton Ribeyru, 71), Kazemiru, Duglas Luis, Neymar, Robertu Firminu (Everton, 69), Risharlison.
Ogohlantirishlar: Tapiya, 37. Gonsales, 54.
Chetlatishlar: Sambrano, 86. Kaseda K., 86 (maydondan tashqarida).
Sudya: Baskunyan (Chili).
14-oktyabr. Lima. «Nasonal» stadioni.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter