«Nasaf» Serbiya terma jamoalarida 21 o‘yin o‘tkazgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu hali hammasi emas

«Nasaf» o‘z tarkibiga yana bir serbiyalik futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Slavko Lukich ayni paytda Turkiyada, jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda. Legioner futbolchi bilan kelishuv, kuni kecha rasmiylashtirildi.
28 yoshli Lukich 30-yanvar kuni «Markaziy»da bo‘ladigan, «Al Faysaliy»ga qarshi uchrashuvda «Nasaf» tarkibida maydonga tushishi mumkin. U «Nasaf»ga kelguncha Serbiyaning eng yuqori ligasi — Fortuna Ligasi ishtirokchisi «Spartak» klubida to‘p tepayotgan edi. «Spartak» bu liganing yetakchi klubi hisoblanadi va ayni paytda ham turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.
Lukich o‘z vaqtida Serbiyaning U-16 va U-19 terma jamoalari tarkibida 21 marta maydonga tushgan.
Shunday qilib, endi jamoa tarkibida uch yevropalik va bitta osiyolik legioner futbolchilar to‘p tepadi.
«Nasaf» jamoasi safiga yana yangi futbolchilar qo‘shilishi mumkin. Transfer ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter