«Nasaf» o‘z tarixida ilk bor shunday natijaga erishdi
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida «Nasaf» Iordaniyaning «Al-Vihdat» klubiga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvda durang natija qayd etildi. «Nasaf» yakunda 9 ochko jamg‘argan holda E guruhida 2-o‘rinni egalladi. Qarshliklarning ushbu natijasi pley-off bosqichiga yo‘llanma beradigan eng yaxshi ikkinchi o‘rinlar qatoridan joy olish uchun yetarli bo‘ldi. Shu tarzda «Nasaf» o‘z tarixida ilk bor OChL pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi.
OChL
«Al-Vihdat» (Iordaniya) — «Nasaf» (O‘zbekiston) 2:2
Gollar: 1:0 — 3 Stanoyevich, 1:1 — 34 Muhammad Anas, 1:2 — 59 Norchayev, 2:2 — 82 Abu Taha.
«Al-Vihdat»: 1. Ahmad Navvas, 2. Muhammad Ali Buhashesh, 4. Muhammad Aldmeri, 7. Munter Umar (6. Muhannad Mahmud 75), 16. Feras Shilbaya, 18. Tariq Hattab, 90. Ahmad Samir, 10. Ahmad Navaf (5. Ahmad Toir) 75, 8.Holid Assam (15.Anas Hamad 60), 20. Klarens, 21. Muhammad Anas.
«Nasaf»: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 92. Umarbek Eshmurodov, 7.Sharof Muhitdinov, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov (6. Murodbek Rahmatov 90+1), 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 9. Ivan Solovyov (17. Suhrob Nurulloyev 63), 10. Husayn Norchayev (99. Semir Smaylagich 63).
Ogohlantirishlar: Feras Shilbaya (10), Klarens (43).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter