«Nasaf» bir kishi kam bo‘lib «Paxtakor»ni finalda yengdi
O‘zbekiston kubogi finali Samarqand shahridagi «Dinamo» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Unda «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari sovrin uchun bahs olib borishdi.
Uchrashuvning birinchi taymdayoq qarshiliklar futbolchisi Oybek Bozorov raqibiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shunga qaramay irodali o‘yin namoyish etgan «Nasaf» kubokni poytaxtliklardan tortib oldi.
«Paxtakor» - «Nasaf» 1:2
Gollar: Hamrobekov 28 — Abdurahimov 38, G‘aybullayev 75
«Paxtakor»: Suyunov, Alijonov, Azmiddinov, Anzur Ismoilov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Erkinov, Fayzullayev, Hamdamov, Temirov.
«Nasaf»: Ergashev, G‘aybullayev, Saidov, Abdurahimov, Norchayev, Nurulloyev, Mozgovoy, Nasrullayev, Turdialiyev, Bozorov, Eshmurodov.
Shu tariqa «Nasaf» o‘z tarixida 2-bor O‘zbekiston kubogi chempioniga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter