Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MYu» muxlislari uchun noxush xabar e’lon qilindi

«MYu» muxlislari uchun noxush xabar e’lon qilindi

«Manchester Yunayted» himoyachi Lisandro Martines uchun mavsum yakunlanganini, Varan bir necha haftaga safdan chiqqanini ma’lum qildi.

Yevropa Ligasi 1/4 finalidagi «Sevilya» bilan o‘yinda (2:2) argentinalik futbolchining oyoq metatersal suyagi singandi. Lisandro keyingi mavsum boshiga qadar to‘liq tiklanishi kutilmoqda.

Shuningdek, o‘sha bahsda jarohat olgan Rafael Varan ham kamida 3 haftani o‘tkazib yuboradi.

YeL doirasida «Sevilya»ga qarshi javob uchrashuvini Brunu Fernandesh ham sariq kartochkalari ko‘payib ketgani tufayli o‘tkazib yuboradi. Hujumchi Markus Reshfordning ham o‘sha uchrashuvgacha safga qaytishi noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring