Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga chorlov bilan chiqdi
O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) yaqinda mutlaq jahon chempioniga aylangan yaponiyalik Naoya Inoue (26-0, 23 KO) ustidan g‘alaba qozonishini aytdi.
«Bu ajoyib jang bo‘ladi! Inoue — mahoratli, lekin men u duch kelgan hamma raqiblaridan aqlli, yaxshiroq va kuchliroqman! Ketdik, chempion!» — deb yozdi Ahmadaliyev tvitter sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Naoya Inoue yaqinda ikkinchi yengil vazn toifasida filippinlik bokschi Marlon Tapalesni (37-4, 19 KO) o‘ninchi raundda nokautga uchratib, mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Inoue avval ham yengil vazn toifasida umumiy chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Ahmadaliyev esa avval WBA Super va IBF versiyalari bo‘yicha ikkinchi yengil vazn toifasida jahon chempioni edi, ammo Tapalesga qarshi jangda hakamlarning bahsli bahosi evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Yaqinda Murodjon ham navbatdagi jangida ishonchli g‘alabaga erishib, kamar uchun asosiy da’vogarlardan biriga aylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter