Muhim o‘yin oldidan «Inter» bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirdi
«Inter» bosh murabbiy Simone Indzagi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi, deb xabar berdi «Football Italia».
Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv asosida Indzagi milanliklar bilan, bir yilga uzaytirish sharti bilan, 2023/2024 mavsumi oxirigacha qoladi. Bonuslarni hisoblamaganda, maoshi yiliga 4,5 mln.dan 5 mln. yevrogacha oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, tunda (9-mart, soat 01:00, Toshkent vaqti bilan) YChL 1/8 finali doirasida «Inter» safarda «Liverpul»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi. «Internatsionale» dastlabki o‘yinda o‘z maydonida 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter