Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammadqodir Abdullayev Xonobodda sport majmuasi qurmoqda

Muhammadqodir Abdullayev Xonobodda sport majmuasi qurmoqda

Xonobod shahri, Fitrat mahallasidagi tashlandiq xolatga kelib qolgan bino o‘rnida O‘zbekiston professional boks federatsiyasi bosh direktori Nabijon Ismanov hamda «O‘zbekiston iftixori», Sidney olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullayev zamonaviy sport majmuasini qurmoqda.

Yangi bunyod etiladigan sport majmuasida  1200 nafar yoshlar shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, bu yerda boks bo‘yicha  terma jamoalar ham o‘quv mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish ham mumkin. Bunday ba’zaviy sport majmuasi Andijon viloyatida shu paytgacha yo‘q edi.

Muhammadqodir Abdullayev ushbu bunyod etilishi ko‘zda tutilayotgan sport arenasida kelajakda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilarni, olimpiada chempionlarini yetishtirib berish istagida ekanligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring