Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada rekordchisi medalsiz qoldi

Olimpiada rekordchisi medalsiz qoldi

Og‘ir atletika musobaqalarida qatnashgan Muattar Nabiyeva dast ko‘tarish mashqida Olimpiada rekordini o‘rnatgani haqida xabar bergandik. Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 98 kg natija bilan peshqadam bo‘lgandi.

Nabiyeva siltab ko‘tarish mashqida faqat bir urinishni amalga oshira oldi va 114 kg natija ko‘rsatdi. Filippin, Xitoy va qozog‘istonlik raqiblari esa siltab ko‘tarish mashqlarida yuqori natijalarni ko‘rsatishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, sportchimiz 212 kg natija bilan musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi va medalni boy berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring