MMAchi Nursulton Ro‘ziboyev braziliyalik raqibini ayab o‘tirmadi
Moskvada MMA bo‘yicha Open FC 10 turniri tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik MMAchi Nursulton Ro‘ziboyev ham oktagonga ko‘tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga braziliyalik Aleks De Paula raqiblik qildi. Uch raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi. Hamyurtimiz birinchi raundda ketma-ket zarbalar evaziga hujumga o‘tdi. Raqib esa ushbu vaziyatda himoyalana olmadi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi.
Shu tarzda Nursulton birinchi raundda g‘alabaga erishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter