MMA jangchilariga «Spark» bergan hokim bokschilarga 8 mln. so‘m tuhfa etdi

Kecha bo‘lib o‘tgan tadbirda Andijon viloyati hokimi professional bokschilarni ham taqdirlagan.
Xabar berganimizdek, kecha Andijon hokimi MMA jangchilari Nursulton Ro‘ziboyev, Ahliddin Mirzadavlatov va Avliyo Hamidovlarga «Spark» avtomobili hamda Nursulton Ro‘ziboyev 100 mln so‘m bergan edi.
Xabar qilinishicha, tadbirda professional bokschilar Qudratullo Abduqahhorov, Azizbek Abdug‘ofurov, Ravshanbek Umurzaqov, Husniddin Po‘latovlarga hokim tomonidan 8 mln. so‘m tuhfa etilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda yangi aralash jang san’ati federatsiyasi tashkil qilinib, unga prezidentning kenja kuyovi Otabek Umarov prezident etib tayinlangandi.
So‘ng MMA bo‘yicha Toshkentda katta turnir o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga dunyoning taniqli sportchilari, xususan, UFC bo‘yicha jahon chempioni Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter