«MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi!». Otabek Umarov Toshkentda o‘tgan turnir haqida
![«MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi!». Otabek Umarov Toshkentda o‘tgan turnir haqida](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2059474437.jpg)
O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov Toshkentda bo‘lib o‘tgan turnir haqida o‘z taassurotlarini bildirdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/16/720__x8pXKJEYcdx6RpoycWX2UpzIyEiG8wip.jpg)
«Qoyilmaqom bayram! Hammamiz uchun nihoyatda ahamiyatli bo‘lgan kunni ko‘ngildagidek o‘tkaza olganimizdan xursandman. Tadbirni tashkil etishda katta hissa qo‘shgan barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman.
Birinchi navbatda, tribunalarda o‘tirib butun boshli Humo Arenani larzaga keltirar darajada muxlislik qilgan ishqibozlarimizga tashakkur bildiraman! ⠀
![](https://static.xabar.uz/uploads/16/720__wm0wQPpu8AopWD1jvlfzPodSM_SoIVsw.jpg)
Tashkilotchilarimizga rahmat! Dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan mehmonlarimiz bunday keng ko‘lamdagi tadbirni kutishmaganini yashirmadilar. ⠀
Sport bayramimizni munosib o‘tkazishda mehnat qilgan homiylarimiz, jurnalistlarimiz, sharhlovchilar, fotosuratchilar, hakamlarimiz va qolgan barcha ishtirokchilarimizga rahmat, deyman!
![](https://static.xabar.uz/uploads/16/720__mybdU-guIA_X5-vLNUTKQTQalAGoiFGz.jpg)
Jangchilarimizga esa alohida minnatdorchiligimni izhor qilaman! Sizning sa’y-harakatlaringiz sabab butun umrga yodda qolarli shouning guvohi bo‘ldik. Siz yurtimizga g‘alabalar tuhfa etdingiz. MMA cheksiz kuchimiz ekanligini butun dunyo ko‘rdi! Bizning chinakam qahramonlarimizsiz!» — dedi Otabek Umarov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter