Misrlik sayohatchi Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga velosipedda yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Misr terma jamoasi muxlisi Muhammad Navfal Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida hamyurtlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Qohiradan Moskvaga velosipedda yo‘l oldi. Bu haqda «R-Sport» nashri xabar berdi.
Muxlis 65 kundan so‘ng Rossiya poytaxtiga yetib borishni ko‘zlamoqda.
«Mazkur istak menda Misr terma jamoasi 28 yilda ilk bor jahon chempionatining final bosqichiga chiqqani sababli paydo bo‘ldi. Bu kabi sayohatlar tajriba orttirishga yordam beradi», — degan Navfal.
Misr terma jamoasi jahon chempionatida Urugvay, Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan «A» guruhda kuch sinashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter