Milliy terma jamoa a’zolari qoraqalpog‘istonlik yoshlarga master-klass o‘tadi
1-iyun — Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining markazi Nukus shahrida O‘FA tomonidan katta tadbir tashkil etiladi.
Shu kuni soat 17:00da qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun O‘FAning maxsus futbol festivali bo‘lib o‘tadi. 200 nafar jajji bolajonlarga Doston Hamdamov, Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov kabi O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari master-klass o‘taydilar. Futbol bilan bir qatorda, hududdagi yosh velopoygachilar ham chiqish qiladi, sportning yengil atletika turi bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
Shundan so‘ng Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan tashkil topgan hudud terma jamoasiga qarshi o‘tkazadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter