Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy antidoping agentligi qayta tashkil qilindi

Milliy antidoping agentligi qayta tashkil qilindi

«Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–149-son, 08.05.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi etib qayta tashkil qilindi.

Milliy antidoping agentligi, jumladan:

  • respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
  • Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.

Qarorga muvofiq, vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq to‘lash tizimi joriy qilingunga qadar 2023 yil 15 maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

  • 1 yildan 3 yilgacha – 0,3;
  • 3 yildan 5 yilgacha – 0,6;
  • 5 yildan 10 yilgacha – 0,8;
  • 10 yildan 15 yilgacha – 1;
  • 15 yildan 20 yilgacha – 1,2;
  • 20 yildan yuqori – 1,5.

Respublikada va xorijda o‘tkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar olish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlashtiriladi. Bunda:

  • oping-test va doping nazoratini tashkil qilish, sportchilar haqida ma’lumotlarni to‘plash va saqlashga oid sportchining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;
  • sportchilar uchun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi;
  • bosqichma-bosqich Sportda taqiqlangan moddalarni tekshirish milliy platformasi joriy etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring