Milliarder qo‘liga o‘tgan «Nyukasl» kimlarni sotib olmoqchi?
Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi Angliyaning "Nyukasl" futbol klubining 100 foiz aksiyalarini sotib olib, jamoa yangi egasiga aylani haqida xabar berilgandi.
Ayni paytda arab milliarderi yangi jamoaga tajribali murabbiy va futbolchilarni olib kelishga ruxsta bergan. Klub vakillari dunyo yulduzlariga ko‘z tikmoqda.
Murabbiylardan boshlasak. "Nyukasl" amaldagi bosh murabbiyi Stiv Bryus jamoadan ketgach, rahbariyat ko‘plab nomzodlarga taklif bilan chiqib ko‘rdi. Ularning birinchisi Antonio Konte edi, u darhol rad javobini berdi. Dastlabki nomzodlar orasida Stiven Jerrard va Frenk Lempard ham bor edi.
Undan keyin Brendan Rojers, Joze Mourino, Zinedin Zidan, Rafael Benites kabi taniqli murabbiylar ham jamoani boshqarishni istamadi. Unai Emeri, Ueyn Runi, Paulo Fonseka esa klubga bosh murabbiylik qilishga tayyorligini bildirishgan.
"Nyukasl" yangi rahbariyati bir qator futbol yulduzlarini ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ularning orasida Jessi Lingard, Jeyms Tarkovski, Keylor Navas, Kalidu Kulibali, Aaron Remzi, Konor Gallaxer, Timo Verner, Nabil Faqir singari o‘yinchilar bor.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Madridning "Real" jamoasidan bir yo‘la ikki futbolchi — Eden Azar va Toni Kroos "Nyukasl"ning yangi a’zolariga aylanishi mumkin. Jamoa Kroos uchun 30 mln. yevro to‘lamoqchi va qishki transfer paytidayoq sotib olmoqchi.
Yangi rahbariyatning asl maqsadlarini vaqt o‘tgani sari ko‘raveramiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter