Messining jamoasi yana bir finalga chiqdi
«Inter Mayami» AQSh ochiq kubogi yarim finalida «Sinsinatti» bilan kechgan dramatik bahsda ustun keldi.
Uchrashuvda ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan Mayami klubi so‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Lionel Messining ikki bor aniq uzatmasidan keyin Kampana muvozanatni tikladi.
Qo‘shimcha bo‘limlar ham durang bilan yakunlandi va penaltilar seriyasida «Inter Mayami» ustun keldi.
Sinsinatti — Inter Mayami 3:3
Gollar: Akosta (18), Vaskes (53), Kubo (114) — Kampana (68, 90+7), Martines (93).
Penaltilar seriyasi — 4:5.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Messi «Inter Mayami» bilan Ligalar kubogi g‘olibi bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter