Messiga Osiyodan rasmiy taklif keldi
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «PSJ» hujumchisi Lionel Messiga rasmiy taklif yubordi, deb xabar bermoqda Reuters.
Shuningdek, Messining «PSJ» mashg‘ulotlaridan chetlatilishi nafaqat Saudiya Arabistoniga safari, balki argentinalik futbolchining klubni tanqid qilgani va kelasi mavsumda jamoada qolmasligini aytgani bilan ham bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgustida argentinalik futbolchi «PSJ»ga o‘tdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
OAV jahon chempionining MLS klublaridan biriga yoki Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqatdi. Hatto Saudiya Messiga yiliga 400 million yevrolik shartnoma taklif qilgani xabar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter