Messiga Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin!
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda SportBible ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qatardagi Jahon chempionati doirasida Argentina – Meksika (2:0) o‘yinidan so‘ng Messi yechinish xonasida Meksika futbolkasini oyog‘i bilan surib qo‘ygani aks etgan suratlar tarqaldi. Buning ortidan Lionel Messiga Meksikaga kirish taqiqlanishi mumkin.
Meksikalik siyosatchi Mariya Klemente Garsiya Moreno argentinalik hujumchini mamlakatga kiritmaslikni taklif qilgan. Messining bu harakati Meksika parlamenti tomonidan milliy terma jamoani tahqirlash deb topilgan.
Meksikalik bokschi Saul Alvaresning aytishicha, Alvares Messini topa olmasligi uchun fudbolchi Xudoga duo qilishi kerakligini aytgan.
Meksika terma jamoasi sardori Andres Guardado bu mojaroda Messini himoya qilgan. Uning ta’kidlashicha, o‘yindan so‘ng barcha fudbolchilar formalarini polga tashlashi odatiy hol.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter